Anapa shahrida bo`lib o`tgan KINOSHOK-2009 festivalida rejissyor Mirmaqsud Oxunovning "Janob Hech kim” kinokartinasi eng yuksak mukofot Gran-Pri bilan taqdirlandi. 13-20-sentabr kunlari Rossiyaning Anapa shahrida MDH, Latviya, Litva va Estoniya davlatlari kinojodkorlari ishtirokida bo`lib o`tgan kinofestivalining yopilish marosimi ham juda dabdabali bo`ldi. Unda yosh xonanda va aktyorimiz Shaxzodbek Xodjakov ham o`z o`shiqlari bilan ishtirok etdi. "Kinoshok - 2009” o`zbek kinoijodkorlaridan Yolqin To`ychiyev ("Sukunat” filmi), Vicheslav Oxunov ("Musulmon” filmi), Mirmaqsud Oxunov ("Janob hech kim” filmi) va Jasur Isoqov ("Shatranj mamlakatida”) filmlari bilan qatnashishdi.
Ular orasida Mirmaqsud Oxunovning "Janob Hech Kim” filmi muxlislar olqishiga va "TV-Shok” yo`nalishida Gran-Pri sovrindoriga aylandi. Qolgan filmlarimiz ham turli sovrinlarni qo`lga kiritgani sir emas. Eng qizig`i Anapaga tashrif buyurgan aktyorimiz Rustam Sa`dullayevni ko`rish va undan dastxat olish, suratga tushishni xohlaganlarning sanog`i bo`lmaganida edi. Unga yetolmaganlarning ko`z yoshlarini ko`rsangiz, hayratdan yoqa ushlaysiz. Qiziqarli voqealarga boy bo`lgan ushbu festival ishtirokchilari bilan yaqin soatlarda qiziqarli suhbatimizni kuting… G`alaba muborak, aziz kinoijodkorlar
|